date

Dunyodagi eng qimmat himoyachilar top-10ligi e’lon qilindi

Dunyodagi eng qimmat himoyachilar top-10ligi e’lon qilindi

Mashhur Transfermarkt portali dunyo futbolidagi eng qimmat himoyachilar ro‘yxatini yangiladi. Yangi baholashga ko‘ra, zamonaviy futbolda himoyachilarning roli tobora oshib borayotgani yana bir bor tasdiqlandi.

Reytingda birinchi o‘rinni «Barselona»ning yosh himoyachisi Pau Kubarsi egalladi. Uning bozor qiymati 80 million yevro etib belgilandi. Qizig‘i shundaki, Kubarsi bilan bir qatorda yana uch nafar futbolchi — «Arsenal»dan Vilyam Saliba, «PSJ»dan Ashraf Hakimi va «Inter»ning sardori Alessandro Bastoni ham aynan shu summaga teng baholangan.

Bu to‘rtlik hozirgi vaqtda dunyodagi eng qimmat himoyachilar sifatida tan olingan. Ular nafaqat o‘z klublarining, balki milliy jamoalarining ham asosiy suyanchi hisoblanadi.

Top-10likning davomida ham yirik klublar va yosh iqtidorlar ustunlik qilmoqda. «PSJ»ning tezkor qanot himoyachisi Nunu Mendesh va «Manchester Siti»ning xorvat yulduzi Yoshko Gvardiol 75 million yevro qiymat bilan beshinchi va oltinchi o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi.

Shu qiymatdagi yana ikki futbolchi — «Arsenal»dan Gabriel Magalyaes va «Real Madrid»ning yaqinda transfer qilingan angliyalik himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold ham ro‘yxatda bor.

Qizig‘i, «Real Madrid» safidagi yosh iqtidor Din Hyoysen 70 million yevro bilan to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Uning yoshi 19 bo‘lishiga qaramay, bozor qiymati keskin oshishi uni kelajakdagi katta yulduzlar qatoriga qo‘shib qo‘ygan.

Top-10likni yakunlab bergan futbolchi — «PSJ» himoyachisi Villian Pacho. Uning narxi 65 million yevro etib baholangan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu reyting nafaqat o‘yin sifati, balki bozordagi talab va kelajakdagi potensial asosida shakllangan. Shu jihatdan qaraganda, Kubarsi va Hyoysen kabi yosh himoyachilarning yuqori o‘rinda bo‘lishi — yosh avlodning katta salohiyatini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyodagi eng qimmat himoyachilar top-10ligi e’lon qilindi