date

Lamin Yamal “Real” haqidagi bayonoti bilan internetni portlatdi

Lamin Yamal “Real” haqidagi bayonoti bilan internetni portlatdi

“Barselona”ning yosh va iste’dodli hujumchisi Lamin Yamal navbatdagi “El-Klasiko” oldidan aytgan jo‘shqin gaplari bilan internetda haqiqiy shov-shuv ko‘tardi. U mashhur ispan strimeri Ibai Lyanos bilan suhbat vaqtida “Real Madrid” haqida aytgan so‘zlari orqali ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar markaziga aylandi, deb xabar berdi ispan nashrlari.

Ibai Lyanos tomonidan tashkil etilgan layv suhbat davomida Yamaldan “Real” haqidagi fikri so‘ralganda, yosh futbolchi biroz hazilomuz, biroq juda keskin javob qaytardi:

— “Real o‘g‘irlaydi, keyin esa shikoyat qiladi. Ular har doim shunday qilishadi”, — dedi u kulgu bilan.

Bu gap albatta to‘g‘ridan to‘g‘ri “o‘g‘irlik”ni anglatmasdi. Lamin Yamal bu orqali “Real”ning ayrim holatlarda hakamlar yordamida g‘alaba qozonishi mumkinligini imo qildi. Yosh futbolchining bu fikri internet foydalanuvchilari orasida keskin bahslarga sabab bo‘ldi — ayrimlar uning jasurligi va yumor hissini olqishlasa, boshqalar bu so‘zlar uchun unga jarima solinishidan xavotir bildirdi.

Suhbat davomida Yamal so‘nggi “El-Klasiko”ni eslab, yana bir qiziqarli detalni qo‘shdi:

— “Oxirgi marta men ‘Bernabeu’da bo‘lganimda, gol urganman va biz 4:0 hisobida g‘alaba qozonganmiz”, — dedi u ishonch bilan.

Bu so‘zlardan keyin efirdagi jurnalist Jerar Romero vaziyatni yumshatish uchun shoshilib:

— “Tinchlan, tinchlan”, — deb yosh futbolchini to‘xtatdi, chunki bunday bayonotlar uchun Yamal Ispaniya La Ligasi yoki “Barselona” klubi tomonidan jarimaga tortilishi mumkin edi.

Shu bilan birga, muxlislar Yamalning bu chiqishini “o‘z klubiga bo‘lgan ishonch” sifatida qabul qilishdi. Ko‘plab “Barselona” tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda yosh vingerni qo‘llab-quvvatlab, “o‘z fikrini ochiq aytgan futbolchi” deb ta’riflashdi.

Lamin Yamal hozirda jamoa tarixidagi eng yosh yetakchi futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning jasorati va maydondagi harakatlari jamoa muxlislari orasida katta muhabbat uyg‘otgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi navbatdagi El-Klasiko 26-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuv Ispaniya chempionatidagi asosiy intriganing hal bo‘lish nuqtalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Yosh Yamalning bayonoti ortidan bu o‘yinga qiziqish yanada oshdi — ham muxlislar, ham jurnalistlar endi uning maydondagi javobini kutib qolishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal “Real” haqidagi bayonoti bilan internetni portlatdi