
Toshkentning Bobur ko'chasida daraxt va butalar kesilishi oqibatida keltirilgan zarar 1,5 milliard so'mga yaqin deb baholandi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi. Yakkasaroy tumanidagi Nukus va Bobur ko'chalari chorrahasi bo'ylab jami 174 ta daraxt kesib tashlangan.
Hodisa o'rganilganidan so'ng, inspektorlar tomonidan protokollar tuzilib, barcha materiallar prokuraturaga yuborilgan. Vazirlik ma'lum qilganidek, daraxt kesish jarayonida qoidalar buzilgan va holat rahbariyat nazoratiga olingan.
Toshkent hokimiyati hodisada aybdorlar jazo olishini ma'lum qildi. Kesilgan daraxtlar o'rniga 62 mingdan ortiq ko'chat va manzarali butalar ekilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, hokimiyat bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun nazoratni kuchaytirishga va'da berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.