16:51 / 09.03.2025
537

Germaniya: YECHL haftasida "zo‘rlar" mag‘lubiyatga uchradi (video)

Germaniya: YECHL haftasida "zo‘rlar" mag‘lubiyatga uchradi (video)
Bundesligada «Bavariya», «Borussiya» Dortmund va «Bayer» bir tur doirasida mag‘lubiyatga uchradi. Bunday holat oxirgi marta 2006/07 yillar mavsumi 20-turi doirasida kuzatilgandi. Lekin bu safargisining yana bir jihati bor - uchala jamoa ham o‘z maydonida yutqazdi. 18 yil oldin ikki jamoa safarda mag‘lub bo‘lgandi. Uchala jamoa ham Chempionlar ligasi 1/8 finali o‘yinlari oralig‘idagi turni qurbon qilib, aralash tarkibni tushirgandi.

«Bavariya» - «Bohum» 2:3
Gollar
: Gerreyra, 14, 28 – Medich, 31, Sissoko, 51, Bero, 71.
«Bavariya»: Urbig, Boi (Olise, 63), Dayer, Ito (Kimmih, 76), Stanishich, Palinya, Gerreyru, Sane (Laymer, 63), Goretska, Gnabri (Musiala, 63), Myuller (Keyn, 62).
«Bohum»: Xorn, Erman, Medich, Bernardo, Passlak (Gamboa, 82), Sissoko, Vittek (Mashovich, 88), Bero (Losila, 87), Krauss, Xofmann, Masuras (Broshinskiye, 73).
Chetlatish: Palinya, 43.

Birinchi raqamli sensatsiya — shubhasiz, «Bavariya»ning mag‘lubiyati. Ha, Vensan Kompani optimal tarkibdan ancha uzoq tarkibni tushirdi, lekin natijaga myunxenliklar ikkinchi bo‘limni to‘lig‘icha bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishgani ham ta’sir ko‘rsatdi, tanaffus arafasida Joau Palinya qizil kartochka olib maydonni erta tark etgandi. Ammo, birinchidan, o‘yin Myunxenda bo‘lib o‘tdi, raqib esa xavfli zonaga yaqin joylashgan autsayder edi. Ikkinchidan, «Bavariya» tezkor gollar evaziga 2:0 hisobida oldinda borayotgandi va Rafael Gerreyruning ikki goli oralig‘ida Gnabri penaltidan gol ura olmagandi. YECHL o‘yinida Noyer jarohat olgach, darvozani qo‘riqlayotgan 21 yoshli Urbig esa uchta gol o‘tkazib yubordi.

«Bayer» – «Verder» 0:2
Gollar
: Shmid, 7, Njinma, 90+4.
«Bayer»: Gradetskiy, Ta (Mukiele, 46), Ermoso, Artur (Frimpong, 65), Garsiya, Jaka (Palasios, 46), Tella, Adli, Buendia (Virs, 46), Shik.
«Verder»: Setterer, Piper, Velkovich, Yung, Vayzer, Linen (Bittenkurt, 78), Agu, Stage, Shmid (Topp, 90), Byurke (Njinma, 69), Silva (Gryul, 78).

«Borussiya» Dortmund – «Augsburg» 0:1
Gol
: Gaueleu, 23.
«Borussiya» Dortmund: Kobel, Koutu (Rerson, 63), Jan, Shlotterbek, Bensebaini (Bayer, 63), O‘zjan, Gross (Zabitser, 75), Adeyemi (Anton, 90), Brandt, Bayno-Gittens, Girassi.
«Augsburg»: Damen, Matsima, Gaueleu, Seziger, Volf (Banks, 82), Rejbechay (Yakich, 58), Oneka, Yannulis, Yensen (Komur, 74), Klod-Moris (Mayer, 74), Tis (Essende, 5).

Hafta o‘rtasida Myunxenda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, YECHLning keyingi bosqichiga chiqishdan umid uzgan «Bayer» ham hayron qoldirdi. Amaldagi chempionlar Leverkuzendagi avgust oyidan buyon ilk bor yutqazdi (o‘shanda «Leypsig»ga qarshi o‘yinda 2:3 hisobida yakunlangan). «Borussiya»ning «Augsburg»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati esa dortmundliklarning beqaror natijalari tufayli unchalik hayratlanarli emas. Niko Kovach jamoasi uchun hozirgi maqsad - o‘ninchi o‘rindan yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlarga yetib olish bo‘ladi. So‘nggi mavsumlarda YECHLda o‘zini ko‘rsatgan jamoa keyingi mavsumda ko‘pi bilan ikkinchi darajali yevrokuboklarda qatnashishi mumkin. Uchinchi o‘rinni esa bu turda Menhengladbahda g‘alaba qozonib (3:1), o‘z tarixida ilk bor bundesligada 44 ochko jamg‘argan «Mayns» egallab turibdi. Va bu natija — mavsum finishiga to‘qqiz tur qolganida qayd etildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport