date

Rossiyada Belarusning arzon General Electronics televizorlari sotuvga chiqdi

Rossiyada Belarusning arzon General Electronics televizorlari sotuvga chiqdi

Rossiyaning «M.Video» chakana savdo tarmog‘i Belarusda ishlab chiqarilgan General Electronics televizorlarining yangi turkumini sotuvga chiqardi. Xaridorlarga 24 dyuymdan 55 dyuymgacha bo‘lgan o‘lchamdagi qurilmalar taklif etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi modellar qatoridan 4K UHD piksellar sig‘imi va QLED texnologiyasiga ega televizorlar o‘rin olgan bo‘lib, ular yuqori yorqinlik, kontrast va ranglar tiniqligini ta’minlaydi. Qurilmalar Rossiyaning YaOS (Yandex) va «Salyut TV» (Sber) kabi Smart TV tizimlari bilan jihozlangan.

YaOS tizimida ishlaydigan modellar «Alisa» ovozli yordamchisi, aqlli uy tizimini boshqarish hamda «Kinopoisk» va «Yandex Muzyka» xizmatlariga kirish imkonini beradi. «Salyut TV» platformasi esa GigaChat sun’iy intellekt yordamchisi, shaxsiy tavsiyalar va kontentni qulay qidirish funksiyalarini taqdim etadi.

Ishlab chiqaruvchi barcha modellarda Dolby Digital texnologiyasi, Bluetooth ulanishi va USB-disklar orqali media fayllarni ijro etish imkoniyatini ta’minlagan. Televizorlarning narxi 6 mingdan 30 ming rublgacha bo‘lgan diapazonda belgilanib, keng iste’molchilar qatlamiga mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyada Belarusning arzon General Electronics televizorlari sotuvga chiqdi