date

Pavel Durov va Habib Nurmagomedov uchrashdi

Pavel Durov va Habib Nurmagomedov uchrashdi

UFC 321 turniri davomida, Abu-Dabida Telegram asoschisi Pavel Durov sobiq yengil vazn UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan uchrashdi. Ularning uchrashuvi aks etgan suratni Habib o'zining yaqinda tekshirilgan Telegram kanalida joylashtirdi. 

Ma'lum bo'lishicha, ular sportdan tashqari boshqa umumiy mavzularni ham muhokama qilishgan. Nurmagomedov Ice Open Network global elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Bu birinchi darajali blokcheyn TON Virtual Machine asosida ishlaydi va Ton Chain ekotizimini yaratishda Pavel Durov ham ishtirok etgan. UFC 321 turniri 25-oktyabr kuni bo'lib o'tdi.

Turnir tomoshabinlari orasida IT sohasi vakillari va investorlar ham bor edi. Kechaning asosiy jangida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov Mario Bautistani hakamlarning bir ovozdan chiqarilgan qarori bilan mag'lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pavel Durov va Habib Nurmagomedov uchrashdi