date

Metan "zapravka"lar qisman ochiladi, rejim 10 dan 16 gacha belgilandi

Metan "zapravka"lar qisman ochiladi, rejim 10 dan 16 gacha belgilandi

2 fevraldan boshlab O‘zbekistonning qator hududlarida metan quyish shoxobchalari ish rejimi yengillashadi: AGNKSlar soat 10:00 dan 16:00 gacha xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Eng muhim jihat — ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatadigan maxsus texnika hamda jamoat transporti uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanishi qayd etilgan.yo

Farg‘ona vodiysida tartib biroz boshqacharoq

Farg‘ona vodiysida esa metan "zapravka"larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimiga qarab belgilanishi aytilgan. Demak, u yerda aniq “soatbay” rejim emas — vaziyatga qarab moslashuv bo‘ladi.

Nega bu cheklovlar bo‘lgan edi?

Eslatib o‘tamiz, havo sovib ketgan paytda, 20 yanvardan boshlab respublikada metan "zapravka"lar faoliyatiga cheklovlar kiritilgan, amalda ko‘p joylarda yopilib qolgani sabab ayrim hududlarda jamoat transporti ishida muammolar ham kuzatilgandi. Endi esa kunlar ilishga yuz tutgan pallada cheklovlar yumshatilmoqda.

Jamoatchilikka “hayotiy layfxak”

Agar sizga uzoqroq yo‘l kutilsa, 2 fevraldan keyin ham vaqtni hisoblab chiqing: 10:00–16:00 orasi — asosiy “oyna”. Ayniqsa, Toshkentda ish-o‘qish grafigiga to‘g‘ri keltirib olsangiz, navbatda turib qolish ehtimoli ham kamayadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Metan "zapravka"lar qisman ochiladi, rejim 10 dan 16 gacha belgilandi