Antalyada avtobus halokatga uchradi: 8 kishi halok, 26 kishi yarador bo‘ldi

1 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida Antalya yaqinida og‘ir yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Buzlu Turizm kompaniyasiga tegishli yo‘lovchi avtobusi burilishda boshqaruvdan chiqib ketib, yo‘l chetidagi to‘siqlarga urilib, keyin chuqurlikka ag‘darilgan.
Mahalliy xizmatlar xabar berishicha, halokat oqibatida 8 kishi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan, yana 26 kishi turli darajada jarohat olgan. Jabrlanganlar tez yordam mashinalarida atrofdagi shifoxonalarga olib ketilib, davolanishga olingan.
Eng og‘riqli jihat — avariyadan so‘ng ba’zi yo‘lovchilar avtobus ichida qisilib qolgan. Qutqaruv ishlarida o‘t o‘chiruvchilar va AFAD guruhlari ishtirok etib, odamlarni temir tuzilmalar orasidan chiqargan.
Hodisa joyiga kelgan Xulusi Shahin yo‘lda yomg‘irdan keyin qoplama nam bo‘lgani, o‘sha paytda tuman ham tushganini aytgan. Shu bilan birga, bu hudud tezlikni oshirish uchun emasligini ta’kidlab, aniq sabablar tekshiruvdan keyin ma’lum bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Keyingi ma’lumotlarda qurbonlar soni oshgani haqida ham xabarlar bor: shifoxonada haydovchi vafot etgani ortidan halok bo‘lganlar 9 nafarga yetgani aytilgan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan rasmiy surishtiruv boshlangan.
Yo‘lda tuman, nam qoplama va tezlik — “uchta yomon kombo”. Agar bu kunlari safar rejangiz bo‘lsa, tezlikni tushiring, masofani uzaytiring va xavfsizlik kamarini “faqat tekshiruv uchun” emas, haqiqatan taqib yuring.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!