date

2026 yilda ikkinchi farzand uchun suyunchi kimlarga beriladi

2026 yilda ikkinchi farzand uchun suyunchi kimlarga beriladi

Toshkentda 29 yanvar kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikkinchi farzand uchun to‘lanadigan bir martalik nafaqa — suyunchi puli bo‘yicha amaldagi tartib o‘zgarmasligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda vazirlik departamenti direktori Sherzod Muhammеdovning aytishicha, birinchi farzand uchun suyunchi pulini Ijtimoiy himoya agentligi barcha ayollarga to‘liq to‘lab beradi. Ikkinchi farzand uchun esa faqat kam ta’minlangan, ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar ushbu pulni oladi.

Vazirlik rasmiyiga ko‘ra, bu tartibni o‘zgartirish bo‘yicha hozircha na reja bor, na tayyor ishlanma. Demak, 2026 yilda ham ikkinchi farzand uchun suyunchi puli barchaga emas, aynan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga to‘lanishi saqlanib qoladi.

Suyunchi puli miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70,3 foiziga teng bo‘lib, hozirgi hisobda 890 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil mart oyidan buyon birinchi farzand uchun barcha ayollar suyunchi puli olyapti, ikkinchi farzand uchun esa faqat ijtimoiy himoyaga muhtojlar. Uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun bir martalik nafaqa umuman berilmaydi.

Byudjet ko‘rsatkichlariga kelsak, 2024 yilda suyunchi puli uchun 382,4 milliard so‘m, 2025 yilda 275 milliard so‘m ajratilgan. 2026 yilda esa bu yo‘nalishdagi to‘lovlar 229,8 milliard so‘mga tushirilishi belgilangan.

Qisqasi, qoida o‘zgarmayapti: birinchi farzand — barchaga, ikkinchi farzand — faqat reestrdagi kam ta’minlangan oilalarga. Hujjatda ham, amaliyotda ham shu yo‘l davom etadi. Toshkentdagi uchrashuv haqida Daryo muxbiri xabar bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2026 yilda ikkinchi farzand uchun suyunchi kimlarga beriladi