2025 yilning “Eng yaxshi erkak bokschisi” ma’lum bo‘ldi

AQSHda 2025 yil yakunlariga bag‘ishlangan eng yaxshilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “DAZN Boxing” tashkil etgan ushbu nufuzli tadbirda jahonning eng kuchli va mashhur bokschilari jam bo‘ldi. Quvonarli tomoni, ishtirokchilar orasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschi Isroil Madrimov ham bo‘ldi.
Taqdirlash marosimi yakuniga ko‘ra, 2025 yilning “Eng yaxshi erkak bokschisi” nominatsiyasidagi mukofot uch vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgan amerikalik bokschi Terens Kroufordga topshirildi.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing