
Yevropa mamlakatlarida qishki vaqtga o'tilishi munosabati bilan Yevrokuboklar jadvali o'zgardi — endi barcha o'yinlar bir soat kechroq boshlanadi. Avval Chempionlar ligasi o'yinlari Toshkent vaqti bilan yarim tunda boshlangan bo'lsa, endi dastlabki hushtak soat 01:00 da yangraydi.
Bu o'zgarish Yevropa mamlakatlarining qishki vaqtga o'tgani, O'zbekistonda esa mavsumiy vaqt o'zgarishi mavjud emasligi bilan bog'liq. Yevropa mamlakatlari faqat 2026-yil mart oyining oxirida yozgi vaqtga qaytadi, shuning uchun Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Yevropaning top ligalari bahslari bahorgacha bir soat kechroq boshlanadi.
5-noyabr kuni ikki markaziy bahs bir vaqtda o'tkaziladi: har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi. O'zbekistondagi futbol ishqibozlariga kechki translyatsiyalarga ko'nikishlariga to'g'ri keladi — Yevrokuboklarning barcha kechki o'yinlari odatdagidan bir soat kechroq boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar