
O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan VI Islom birdamlik o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqalar yakunida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Sportchilarimiz 96 ta medal qo‘lga kiritdi: 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza.
So‘nggi kunda O‘zbekiston jamoasi yana uchta medalni o‘z hisobiga qo‘shdi. Xususan, ayollar o‘rtasidagi og‘ir vazn toifasida para pauerlifting bo‘yicha ishtirok etgan Qudratoy Toshpolatova 134 kg toshni ko‘tarib, ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Sarvarbek Rahmonberdiyev 62 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. U bronza uchun bahsda Qirg‘iziston vakiliga qarshi kurashdi va taktik ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Kun so‘ngida esa Bekzod Jamilov para pauerliftingning og‘ir vazn toifasida ishtirok etib, uchinchi o‘rinni egalladi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, musobaqaning yakuniy kuni ham O‘zbekiston sportchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.