PSJ Luis Enrikeni 2027 yil yakunida yo'qotishi mumkin

Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike kelajakda jamoani tark etishi ehtimoli paydo bo'ldi. Daily Express xabariga ko'ra, ispan mutaxassisi 2026/2027 yilgi mavsum tugaganidan so'ng Parij bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Enrike yangi chaqiriq izlamoqda: u Parijda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi, ular orasida UEFA Chempionlar ligasi ham bor.
55 yoshli murabbiy «PSJ»ni 2023 yil o'rtalaridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Liga 1ning 17-turidan so'ng «PSJ» 39 ochko jamg'argan va turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing