Levelling Shtutgartni tark etishni istamasligini aytdi

Germaniya terma jamoasi va “Shtutgart” vingeri Jeymi Levelling klubdan ketishi mumkinligi haqidagi gap-soʻzlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Angliyaning “Bornmut” jamoasi futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
10 yanvar kuni “Bayer”ga qarshi uchrashuvda dubl muallifi bo‘lgan Levelling Sky Sport’ga bergan intervyusida kelajagi borasidagi mish-mishlarni rad etdi.
“Odatdagi gap: men ketishni xohlamayman. Bu rost. Jamoamizning rejasi bor, mening ham shaxsiy maqsadlarim bor. Bu yerda o‘zimni qulay his qilaman. Bugun ham ko‘rindi, meni hech narsa bezovta qilmayapti”, — dedi futbolchi.
Klub sport direktori Fabian Volg’emut ham qishda futbolchi boshqa jamoaga o‘tmasligini tasdiqladi. Joriy mavsumda 24 yoshli Levelling 25 o‘yinda 6 gol urib, 7 assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!