date

Javohir Sindarov 2026 yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi

Javohir Sindarov 2026 yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 2026 yilgi FIDE Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi. Bu haqda Chessdom portali Jahon kubogi yarim final uchrashuvi natijalariga asoslanib xabar berdi.

Sindarov klassik o‘yinda ikki durangdan so‘ng, tay-breykda Nodirbek Yaqubboyevni mag‘lub etdi. Hal qiluvchi partiyada Sindarov qora figuralar bilan raqibi Nodirbek Yakubboyevga bosim o‘tkazib, vaqt yetishmasligiga olib keldi va murakkab ladya endshpilida ustunlikka erishdi.

2026 yilgi Nomzodlar turniri Kiprda, Cap St Georges Hotel & Resort majmuasida, 25 martdan 1 maygacha bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir amaldagi jahon chempioni D.Gukeshga raqibni aniqlaydi.

Musobaqa ishtirokchilari safidan Jahon kubogi sovrindorlari, Grand Sviss musobaqasi yetakchilari, FIDE Circuit g‘oliblari hamda 2025 yil avgustidan 2026 yil yanvarigacha eng yuqori o‘rtacha reytingga ega shaxmatchi o‘rin oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Javohir Sindarov 2026 yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi