Liverpul Saloh ketishi ehtimoliga voris topdi

Mohamed Saloh kelasi yilda “Liverpul”ni tark etishi mumkin, va mersisaydliklar bu ssenariyga oldindan hozirlik ko‘rmoqda. Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib xabar berishicha, “qizillar” Saloh o‘rniga eng mos nomzod sifatida “RB Leyptsig” vingeri Yan Diomandeni ko‘rmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, “Liverpul” Diomandeni juda yuqori baholaydi. Biroq kelishuv arzonga tushmasligi kutilmoqda — “RB Leyptsig” futbolchining narxini taxminan 100 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq 19 yoshli Yan Diomande “Liverpul”da o‘ynash uning orzusi ekanini aytgandi.
2025/2026 yilgi mavsumda Diomande “RB Leyptsig” safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing