Rafinya Flik bo‘lmaganda Barselonani tark etishini aytdi

“Barselona” vingeri Rafinya Dias so‘nggi muvaffaqiyatlari haqida gapirar ekan, bosh murabbiy Xans-Diter Flikning rolini alohida ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogi finalida Madridning “Real”iga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, uchrashuv qahramoniga aylandi. Bellashuv 3:2 hisobida yakunlandi.
“Agar Flik bo‘lmaganda, men allaqachon “Barsa”dan ketgan bo‘lardim. U hammasini o‘zgartirdi. Menda jamoa uchun muhim o‘yinchini ko‘rayotganini aytdi. Har bir futbolchiga aynan shunday ishonch kerak”, — deya 29 yoshli hujumkor futbolchining so‘zlarini keltiradi “Gazeta.Ru”, Barca Universal manbasiga tayanib.
Flik 2024 yil yozida “ko‘k-anorranglilar”ni qabul qilib olib, Xavi Ernandes o‘rnini egallagan edi. O‘sha davrda Rafinyaning klubdan ketishi mumkinligi haqida ham faol gap-so‘zlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!