date

Bavariya mavsumdagi eng sermahsul g'alabasini qayd etdi

Bavariya mavsumdagi eng sermahsul g'alabasini qayd etdi

Myunxenning «Bavariya» klubi 2025/2026 yilgi mavsumda raqib darvozasiga kiritgan gollari bo'yicha o'zi uchun yangi rekord o'rnatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bundesliganing 16-turida Vensan Kompani shogirdlari o'z maydonida «Volfsburg»ni 8:1 hisobida tor-mor qildi. Uchrashuvda Maykl Olise dublga erishdi, shuningdek Luis Dias, Garri Keyn va Leon Goretska bittadan gol urdi.

Mehmonlar yana ikki bor o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi, «Volfsburg»ning yagona goli esa Jenan Peychinovich hisobiga yozildi.

Shu mavsumga qadar «Bavariya» Bundesligada bir o'yinda eng ko'pi bilan olti gol urgandi: 1-turda «Leyptsig»ni 6:0 hisobida yenggan, 11-turda esa «Frayburg»ni 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.

Germaniya chempionatidagi 16 ta o'yindan so'ng «Bavariya» 63 ta gol urdi — bu har bahsga deyarli to'rttadan gol degani.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya mavsumdagi eng sermahsul g'alabasini qayd etdi