date

FIFA rahbari Livan fuqarosi bo'ldi

FIFA rahbari Livan fuqarosi bo'ldi
FIFA prezidenti Janni Infantino Livan Respublikasi fuqarosiga aylandi. Mamlakat prezidenti Jozef Xalil Aun uni Bayrutda qabul qilib, shaxsan pasport topshirdi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar Livanda futbolni rivojlantirish va ehtimoliy qo'shma loyihalarni muhokama qilishdi. "Men uchun Livan fuqaroligini olish juda katta sharaf.

Bugun prezident Aun bilan futbol orqali tinchlikni mustahkamlash va yoshlar uchun butun dunyo bo'ylab yangi imkoniyatlar yaratish haqida suhbatlashdik. Muloqotimiz juda samarali bo'ldi", — deya ta'kidladi Infantino ijtimoiy tarmoqlarda.

Endilikda 55 yoshli FIFA rahbarining uchta fuqaroligi bor: Livan, Shveytsariya va Italiya. Ma'lumot uchun, Infantino Livanlik Lina al-Ashkar bilan turmush qurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA rahbari Livan fuqarosi bo'ldi