
2025 yil 3 dekabr, soat 02:29da e'lon qilindi. APLning 14-turida "Manchester Siti" "Fulhem"ni 5:4 hisobida mag'lub etdi.
Xusanov zaxirada qoldi, Erling Holand esa ligadagi yuzinchi golini urdi. Xusanov tarkibda bo'lsa-da, maydonga tushmadi.
"Siti" uchrashuvni faol boshladi va tezda oldinga o'tib oldi. 17-daqiqada Doku uzatmasini Holand aniq yakunlab, APLdagi yuzinchi golini kiritdi.
Oradan ko'p o'tmay, Reynders Holandning uzatmasidan keyin darvozabonni dog'da qoldirib, hisobni oshirdi. Uchinchi golni esa Foden jarima maydonchasi chizig'idan yo'llangan zarba bilan amalga oshirdi.
"Fulhem" Smits Rou orqali bir gol qaytarib, tanaffus oldidan hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar hujumlarini davom ettirdi.
Doku uzoq masofadan zarba yo'llab, hisobni 4:1 qildi. Keyinchalik Foden tezkor hujumni yakunlab, to'pni bo'sh darvozaga yo'naltirdi va "Siti"ning ustunligini yanada mustahkamladi.
Biroq, yirik hisobdan keyin "shaharliklar" tempni pasaytirib yubordi va raqib bundan unumli foydalandi. Ivobi jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo'llab, hisobni 2:5 qildi.
So'ngra Chukvueze "Siti"ning standart vaziyatlardagi xatolarini jazolab, uzoq burchakka zarba berdi va hisobni 3:5 ga olib keldi. Bir necha daqiqadan so'ng u burchak to'pidan so'ng yana bir gol urib, dubl qayd etdi.
"Fulhem" bosimni kuchaytirdi va to'pni nazorat qildi, ammo Donnarumma bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi. "Siti" minimal ustunlikni saqlab, uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.