date

Bernardu Silva Husanovni alohida maqtab, unga juda yuqori baho berdi

Bernardu Silva Husanovni alohida maqtab, unga juda yuqori baho berdi

“Manchester Siti”ning sardori va jamoadagi asosiy yetakchilardan biri Bernardu Silva “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvdan keyin ikki markaziy himoyachi — hamyurtimiz Abduqodir Husanov hamda Maks Alleynning o‘yinini juda yuqori baholadi. Portugaliyalik futbolchi ularning faqat texnik jihatini emas, balki xarakter va ruhiy barqarorligini ham alohida ta’kidladi.

Silvaning fikricha, Husanov va Alleyn so‘nggi bellashuvlarda shunchaki “yoqimli o‘yin” emas, haqiqiy ishonchli himoya namoyish etgan:

“Abduqodir Husanov va Maks Alleyn oxirgi o‘yinlarda ajoyib harakat qilyapti. Ular ko‘rsatgan shaxsiyat va xarakter — bu har kimning qo‘lidan kelavermaydigan ish. Bunday darajada, shuncha bosim ostida jamoaga kirib kelish, orqadan o‘yin qurishga jur’at qilish, barqaror va ishonchli harakat qilish juda qiyin”, — dedi Bernardu.

Silva “Nyukasl” maydonida o‘ynash oson emasligini ham eslatdi. U yerda atmosfera qattiq, bosim yuqori, har bir xatoni “yutib yuborishadi”. Ammo shu sharoitda ham himoyachilar o‘zini yo‘qotmaganini aytib o‘tdi:

“Yana bir bor juda og‘ir stadionda o‘ynadik, bu yerda o‘ynash qanchalik murakkabligini bilamiz. Lekin ular juda yaxshi harakat qildi”.

Bernardu Silva faqat himoyachilarni emas, jamoadagi boshqa futbolchilarning hissasini ham qayd etdi. Xususan, Antuan Semeno ham yaxshi o‘ynaganini, darvozabon Jeyms Trafford esa bir necha muhim seyvlari bilan jamoani qutqarib qolganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun “shaharliklar” Semeno va Sherkining gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchib, javob bellashuvi oldidan o‘zlari uchun ancha qulay natija yasab qo‘yishdi. Eng muhimi — Husanov kabi yosh, lekin baquvvat xarakterli himoyachiga ishonch ortgani jamoa uchun ham, biz uchun ham yaxshi signal: katta futbolda “o‘z odamimiz” bor va u bosimdan qo‘rqmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bernardu Silva Husanovni alohida maqtab, unga juda yuqori baho berdi