date

Xitoy bosh murabbiyi: O‘zbekiston – juda kuchli raqib, biz jang qilamiz!

Xitoy bosh murabbiyi: O‘zbekiston – juda kuchli raqib, biz jang qilamiz!

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo Kubogi uchinchi turidagi Tailand va Xitoy termalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, xitoyliklar bosh murabbiyi Antonio Visente matbuot anjumanida ishtirok etib, chorak finaldagi raqib O‘zbekiston haqida fikrlarini bildirdi.

«Chorak finaldagi raqibimiz O‘zbekiston. Bu juda qiyin raqib, ammo agar biz shu tempda davom etsak, g‘alaba uchun maydonga tushishga tayyormiz. Hozircha O‘zbekiston haqida aniq bir narsa deyish qiyin, lekin ularning oxirgi 10 yilda erishgan natijalari shunchaki fantastik. Milliy jamoa, U-23 va U-20 terma jamoalarining natijalari ularning qudratini to‘liq namoyon etadi. O‘zbekistonni Osiyodagi eng kuchli 3 yoki 4 ta terma jamoadan biri degan bo‘lardim.», — dedi Visente.

Shuningdek, u O‘zbekistonning Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri ekanini ta’kidlab, ularga qarshi jang qilishga tayyor ekanini aytdi.

«Biz jang qilamiz», — deb qo‘shimcha qildi xitoylik murabbiy.

O‘zbekistonning shu yillarda terma jamoalari erishgan yutuqlari, ayniqsa, U-23 jamoasi bilan yuqori natijalarga erishishi, Osiyo futbolidagi muvaffaqiyatlariga yangi o‘lchamlar qo‘shganini ko‘rsatib, har bir kuchli raqibga qarshi qiziqishni oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xitoy bosh murabbiyi: O‘zbekiston – juda kuchli raqib, biz jang qilamiz!