date

Yevropa Grenlandiyani Trampdan himoya qilish uchun uchta reja tuzdi

Yevropa Grenlandiyani Trampdan himoya qilish uchun uchta reja tuzdi

Donald Trampning Grenlandiyani AQSH nazoratiga olish haqidagi keskin bayonotlari Yevropa siyosiy doiralarini harakatga keltirdi. «The Economist» nashrining yozishicha, eski qit’a yetakchilari orol suverenitetini saqlab qolish va Vashingtonning bosimini qaytarish uchun bir nechta strategik yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda.

1-variant: Keskinlikni yumshatish va ishonch hosil qilish

Yevropa Ittifoqining birinchi maqsadi — Trampning «agar biz olmasak, Rossiya yoki Xitoy egallaydi» degan xavotirini yo‘qqa chiqarish.

Muzokaralar: 18-yanvar kuni Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen boshchiligida yuqori darajadagi ishchi guruh ushbu masalani muhokama qiladi.

Arktika qo‘riqchilari: Germaniya NATO doirasida «Arktika qo‘riqchisi» qo‘shma missiyasini tuzishni taklif qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, Arktika suvlari Rossiya kemalari bilan to‘lib-toshgani haqidagi gaplar asossiz va bo‘rttirilgan.

2-variant: Tiyib turish va «qasos» choralari

Agar muzokaralar foyda bermasa, Yevropa iqtisodiy va harbiy bosim o‘tkazishga tayyor:

  • Iqtisodiy zarba: AQSH bilan yangi imzolangan savdo kelishuvlarini to‘xtatish va Amerika texnologiya gigantlariga (Big Tech) nazoratni kuchaytirish.
  • Radikal qadamlar: Yevropadagi AQSH harbiy bazalarini yopish yoki AQSH davlat obligatsiyalaridagi Yevropa aktivlarini ommaviy sotish.
  • Harbiy jipslashish: Yevropa kengashi Grenlandiyada Yevropa qo‘shinlarini rotatsiya asosida joylashtirishni maslahat bermoqda. Jumladan, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi 6 davlat allaqachon orolga o‘z harbiy bo‘linmalarini yuborishga qaror qilgan.

3-variant: Chalg‘itish va vaqtdan yutish

Uchinchi ssenariy Trampning diqqati boshqa muhimroq voqealarga qaratilishiga umid qilishdan iborat:

  • Ichki muammolar: 2026 yil noyabridagi oraliq saylovlar Trampning bor e’tiborini ichki siyosatga qaratishi mumkin.
  • Tashqi mojarolar: Erondagi vaziyat va Venesuela operatsiyasidan keyingi «eyforiya»ning so‘nishi Grenlandiya masalasini ikkinchi planga tushirishi mumkin.
  • Muzokara usuli: Tahlilchilarga ko‘ra, Trampning qattiq ritorikasi Daniyani resurslar qazib olishda yon berishga majburlash uchun qo‘llanayotgan oddiy taktika bo‘lishi mumkin.

Ayni damda Daniya hukumati mintaqa mudofaasi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratgan. Yevropalik siyosatchilar Grenlandiya resurslarini mahalliy hokimiyat ruxsatisiz o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan Amerika kompaniyalariga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ham istisno etmayapti.

Sizningcha, Yevropa davlatlarining Grenlandiyaga qo‘shin yuborishi AQSH va NATO o‘rtasidagi munosabatlarni butunlay uzib qo‘ymaydimi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Grenlandiyani Trampdan himoya qilish uchun uchta reja tuzdi