Emilian Karas: «Niyatim jamoam bilan chempionlikni qo‘lga kiritish»

Sport1 daqiqa o'qish942
Emilian Karas: «Niyatim jamoam bilan chempionlikni qo‘lga kiritish»
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Emilian Karas jamoasi bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishni maqsad qilganini bildirdi.
  • Moldovalik mutaxassis Ukraina chempionatida, Rossiyaning “Alaniya”, “Kuban” va Moskva “Dinamo”sida, shuningdek, Qatarning “Al Arabi” hamda BAAning “Al Nassr” jamoalarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan.
  • U 1991-yilda “Paxtakor”
  • Markaziy stadionida Toshkent klubiga qarshi maydonga tushgan va O‘zbekiston futboli bilan avvaldan tanish.

Futbolda ba’zan bir mutaxassisning kelishi jamoa uchun yangi nafas, yangi tartib va yangi ishtiyoq degani bo‘ladi. Ana shunday tajribaga ega kadrlardan biri — moldovalik mutaxassis Emilian Karas. U turli mamlakatlar va turli chempionatlarda yordamchi murabbiy sifatida ishlab, katta futbol muhitida “puxta pishgan” kadr sifatida tanilgan.

Karas faoliyati davomida Ukraina chempionatida ishtirok etgan jamoalarda, shuningdek, Rossiyaning “Alaniya”, “Kuban” va Moskva “Dinamo”sida ham yordamchi murabbiy lavozimida ishlagan. Bundan tashqari, u Qatarning “Al Arabi” klubi hamda BAAning “Al Nassr” jamoasida ham murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Qisqasi, bu insonning rezyumesi “bir joyda o‘tirgan mutaxassis” emas, turli muhitda sinovdan o‘tgan amaliyotchi ekanini ko‘rsatadi.

Moldovalik mutaxassis futbolchilik karyerasida himoyachi ampluasida to‘p surgan. Uning o‘yinchi sifatidagi faoliyatining asosiy qismi o‘z yurtida o‘tgan bo‘lsa-da, muayyan davrlarda turli maydonlarda tajriba orttirgani ham ma’lum. E’tiborli jihati shundaki, Karas O‘zbekiston futboli bilan ham ilgaridan tanish.

Xususan, 1991-yilda u “Paxtakor” Markaziy stadionida Toshkent klubiga qarshi bahsda maydonga tushgan. Demak, u nafaqat bu yerda ishlash uchun kelgan, balki O‘zbekiston futboli muhitini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, tribuna ruhini his qilgan mutaxassis hisoblanadi.

Karasning bugungi maqsadi ham aniq va qat’iy: jamoa bilan birga yuqori natijaga chiqish, bosh murabbiyga maksimal darajada ko‘maklashish va eng asosiysi — chempionlik uchun kurashish.

“O‘z paytida Sobiq Ittifoqning, bugungi kunda Osiyoda o‘z o‘rniga ega O‘zbekistonning eng zo‘r jamoasida faoliyat olib borish men uchun zavqli bo‘ladi. Bosh murabbiyga qo‘ldan kelgancha yordam beraman. Niyatim, jamoamga nafim teggan holda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish”, — deydi Emilian Karas.

Shu so‘zlarning o‘zi ham uning bu yerga “shunchaki ish” uchun emas, aniq vazifa va katta ishtiyoq bilan kelganini ko‘rsatadi. Endi esa barcha muxlislarda tabiiy savol bor: Karasning tajribasi jamoaga qay darajada foyda beradi va bu ish amalda ham chempionlikka olib bora oladimi? Vaqt hammasini ko‘rsatadi, ammo startdagi niyat — juda jiddiy.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?