
"Nyukasl" Angliya Liga Kubogi chorak finalida "Fulhem"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Mezbonlarga g‘alabani 90-daqiqada Lyuis Maylining kech gol urishi ta’minladi.
Bu gol penaltilar seriyasidan qochishga yordam berdi. Uchrashuv "Nyukasl"ning to‘pni nazorat qilish va pozitsion bosim bilan boshlandi. "Fulhem" esa ehtiyotkor o‘yin ko‘rsatib, qarshi hujumlarga tayanishiga harakat qildi. Biroq mezbonlar sekin-asta bo‘sh zonalarni topa boshladi.
Hisob birinchi bo‘limning o‘rtalarida ochildi. Uzatmadan so‘ng to‘p Vissaga yetib bordi va u yaqin masofadan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Ammo bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmadi. Mehmonlar tezda hisobni tenglashtirdi. Lukich qanotdan uzatilgan to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘llab gol kiritdi va hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan o‘ynab, ortiqcha xavf-xatardan qochdi.
Ikkinchi bo‘limda Nyukasl bosimni kuchaytirdi. "Fulhem" ko‘proq durang va penaltilar seriyasiga rozi bo‘lishga moyil edi.
Hal qiluvchi vaziyat qo‘shib berilgan vaqtda sodir bo‘ldi. 90-daqiqada burchak zarbasidan keyin Mayli avval darvozabonni yaqin masofadan sinab ko‘rdi, so‘ngra bosh bilan to‘pni uzoq burchakka yo‘llab, g‘alabani ta’minladi. Bu gol jamoani yarim finalga olib chiqdi.
Angliya Liga kubogi. 1/4 final
Nyukasl — Fulhem 2:1
17 dekabr, «Sent Jeyms Park»
Gollar: Vissa (10), Mayli (90+2) — Lukich (16).
Nyukasl — Ramsdeyl, Mayli, Tiau, Sher, Livramento (A.Merfi 76), Uillok (Tonali, 72), Gimaraes, Remzi, J.Merfi (Elanga, 85), Barns (Gordon, 84), Vissa (Voltemade, 72).
Fulhem — Lekomt, Tete, Andersen, Kuenka, Robinson, Berg, Lukich (Rid, 46), Uilson, Smit-Rou (King, 73), Kevin (Traore, 74), Ximenes.
Ogohlantirishlar: Sher (23), Lukich (29), Voltemade (82).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.