O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida qor qaytishi mumkin

“O‘zgidromet” Turkmaniston tomondan nam havo massalari kirib kelishi sabab bu hafta respublikada beqaror ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.
Prognozlarga ko‘ra, hududlar bo‘yicha ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 4 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 3 fevralda ba’zi nuqtalarda kuchli bo‘lishi ham mumkin. O‘zbekiston bo‘ylab harorat foni kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari esa 13-18 daraja iliq atrofida saqlanadi.
Juma kuni vaziyat o‘zgarishi kutilmoqda: O‘zbekistonga Qozog‘iston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Shuning hisobiga respublika bo‘yicha 6 fevralda ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi va yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kun davomida pasayadi: kechasi ham, kunduzi ham 1-6 daraja iliq; shimolda esa kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘lishi aytilmoqda.
Respublika bo‘ylab ayrim hududlarga tuman tushishi ehtimoli bor. 3 fevral kuni tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjudligi ham eslatildi.
Shuningdek, 3 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi. 4 fevralda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 16-18 darajagacha ko‘tariladi. 5 fevralda vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 6 fevralda esa vaqt-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor, harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq saqlanishi qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!