O‘zbekiston U 20 terma jamoasi Xitoy safari oldidan g‘alaba qayd etdi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yangi musobaqalar oldidan tayyorgarlikni jiddiy olib bormoqda. 27 yanvardan boshlab yoshlar Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlab yubordi va birinchi tekshiruv o‘yinidayoq yaxshi kayfiyatda ekanini ko‘rsatdi.
Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi jamoa 1-fevral kuni Olimpik-MobiUz’ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Tom ma’nodagi “yoshlarcha” jang bo‘ldi: tezlik, kurash, gollar — hammasi bor. Yakunda U-20 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, yig‘inning birinchi bosqichini ijobiy natija bilan bezadi.
Endi esa tayyorgarlikning ikkinchi qismi ancha muhim va qiziq: 2–10 fevral kunlari yig‘in Xitoyda davom etadi. Shu safar davomida Rahmatullayev shogirdlari 4–9 fevral oralig‘ida Xitoy U-20ga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Bu bahslar jamoa uchun “real test”: tezlikka ham, taktikaga ham, ruhiyatga ham.
Yig‘inga jalb etilgan tarkib quyidagicha:
Darvozabonlar:
- Alishan Abdutalipov (Olimpik-MobiUz)
- Ibrohim Shokirov (Neftchi)
- Ne’matulloh Rustamjonov (Andijon)
Himoyachilar:
- Shorahim Shorahmedov (Bunyodkor)
- Ozodbek Odiljonov (Respublika futbol akademiyasi)
- Ozodbek Najmiddinov (Nasaf)
- Muhammadali Musaxonov (Surxon)
- Mo‘minxon Bahodirxonov (Neftchi)
- Muhammadali Dilshodbekov (Paxtakor)
- Abdulvosit Soliyev (OKMK)
- Behruz Erkinov (Respublika futbol akademiyasi)
Yarimhimoyachilar:
- Diyor Tojiyev (G‘azalkent)
- Azizbek Erimbetov (Neftchi)
- Abdulfayz Bobomurodov (Bunyodkor)
- Kuanishbek Saydaliyev (Paxtakor)
- Behruz Abdusattorov (Lokomotiv)
- Abdulvoris Hojimarudov (Respublika futbol akademiyasi)
Hujumchilar:
- Shohjahon Abdumannobov (Respublika futbol akademiyasi)
- Ulug‘bek Maratov (Olimpik-MobiUz)
- Sayfiddin Sodiqov (Andijon)
- Davron To‘laganov (Paxtakor)
- Nurbek Sarsenbayev (Neftchi)
- Sirojiddin Jumadillayev (Lokomotiv)
Qisqa qilib aytganda, U-20 hozir “forma yig‘yapti”, keyingi bosqich esa Xitoydagi o‘yinlar bilan haqiqiy tekshiruvga aylanadi. Ikkita sparringda yaxshi natija ham, undan ham muhimi — to‘g‘ri xulosa va to‘g‘ri qadamlar chiqsa, bu jamoa keyin katta sahnaga tayyor bo‘lib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!