date

Konsertda kutilmagan xushxabar: Rayhon sahnada katta sirni ochib berdi (video)

Konsertda kutilmagan xushxabar: Rayhon sahnada katta sirni ochib berdi (video)

Xonanda Rayhon G‘aniyevaning konsertida kutilmagan va juda ta’sirli lahza yuz berdi. Konsert qizg‘in pallaga kirgan paytda Rayhonning qo‘liga konvert tutqazilib, undan bir sirni ochib berish iltimos qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, zalda o‘tirgan Samira ismli ayol Rayhonning gitarachisi Jamshidning turmush o‘rtog‘i ekan. Rayhon konvertni ochib ko‘rar ekan, Samira yaqin orada ona bo‘lishini ma’lum qildi. Bu yangilik zaldagilar uchun katta syurpriz bo‘ldi.

Shundan so‘ng Rayhon Jamshiddan tug‘ilajak bolaning jinsini aytaymi, deb so‘radi. Javob olgach, u bolaning jinsi qiz ekanini barchaga baland ovozda e’lon qildi.

O‘zining ota bo‘lishini va tug‘ilajak farzandi qiz ekanini eshitgan Jamshid ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi. Uning quvonchi butun zalga ulashildi. Rayhon esa gitarachisini quchoqlab, chin dildan tabrikladi va qo‘lidagi konvertni esdalik sifatida olib qo‘yishini aytib o‘tdi.

Ushbu lahza konsertga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlar uchun kutilmagan va juda hayajonli bo‘ldi. Ayniqsa, bu voqea gitarachi Jamshid hayotida unutilmas xotira sifatida qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Konsertda kutilmagan xushxabar: Rayhon sahnada katta sirni ochib berdi (video)