
Madridning “Atletiko” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Atletiko”da Simeonening ishlari va erishgan natijalaridan mamnun, shu bois uni yaqin kelajak uchun jamoada saqlab qolishni istamoqda. Simeone klub qiymatini oshirishda muhim rol o‘ynadi: u “Atletiko”ni nafaqat maydonda jiddiy kuchga, balki to‘laqonli brendga ham aylantirdi.
Simeone “Atletiko”ni 2011 yil dekabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.
Hozirda “Atletiko” Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 18 o‘yindan keyin 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.