«Dinamo» Samarqand BAA yig‘inida SSKA bilan bahs olib boradi

Samarqandning «Dinamo» klubi BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazib, bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Rejaga ko‘ra, 19 yanvar kuni «Dinamo» Qozog‘istonning «Qaysar» jamoasiga qarshi o‘ynaydi. 25 yanvarda moskvalik CSKA, 28 yanvarda esa Tolyattining «Akran» klubi samarqandliklarning raqibi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» O‘zbekiston Superligasining o‘tgan mavsumini to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan. Xorijdagi bo‘lajak yig‘in klub tarixida ilk bor o‘tkazilayotgani aytilmoqda.
Murabbiylar shtabi BAAdagi o‘yinlardan tarkib imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish va yangi taktik yechimlarni ishlab chiqish uchun foydalanishni rejalashtirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing