date

Insayder Realning Shlotterbekka qiziqishi saqlanayotganini aytdi

Insayder Realning Shlotterbekka qiziqishi saqlanayotganini aytdi

Dortmundning «Borussiya» jamoasida markaziy himoyachi sifatida to'p surayotgan Niko Shlotterbek hanuz Madridning «Real» klubi e'tibor markazida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalariga ko'ra, «qaymoqranglilar» himoya chizig'ini kuchaytirish variantlari orasida aynan Shlotterbek nomini ham ko'rib chiqmoqda. Fabrichio Romano xabar berishicha, «Real» nemis futbolchisining salohiyatini yuqori baholayapti va yozgi transfer oynasi oldidan ehtimoliy kelishuv imkoniyatlarini o'rganmoqda. Biroq hozircha aniq qadamlar yo'q — so'nggi paytda muzokaralarda sezilarli siljish kuzatilmagan.

Transfermarkt portali Shlotterbekning bozor qiymatini 55 million yevroga baholagan. Turli mish-mishlarga ko'ra, 26 yoshli himoyachiga «Bavariya», «Barselona» va «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Insayder Realning Shlotterbekka qiziqishi saqlanayotganini aytdi