date

Sobiq Chelsi yarim himoyachisi Musonda ogir ahvoli haqida aytdi

Sobiq Chelsi yarim himoyachisi Musonda ogir ahvoli haqida aytdi

«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Lamisha Musonda ijtimoiy tarmoqlarda sogligi bilan bogliq jiddiy muammo borligini va unga atigi bir necha kun qolganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi yozishicha, u vaqt juda oz qolganini anglab turibdi va hayoti davomida yonida bolgan insonlar hamda xotiralarni qadrlashini ta'kidladi. Musonda oxirgi ikki yil ayniqsa ogir va holdan toydirganini, hozir esa ahvoli tanqidiy darajaga yetgani sababli yashab qolish uchun kurashayotganini bildirdi.

Belgiyaning yoshlar terma jamoasida 8 ta uchrashuv otkazgan Musonda London klubining asosiy tarkibidan joy ololmagan, asosan yoshlar jamoasida to'p surgan. Keyinchalik u «Mehelen», «Betis»ning zaxira jamoasi hamda «Mazembe» safida ham oynagan.

Lamishaning ukasi Sharl'i Musonda-kichik esa 2021 yilda «Chelsi» bilan Chempionlar ligasini yutgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sobiq Chelsi yarim himoyachisi Musonda ogir ahvoli haqida aytdi