date

Bardg'jini ijaraga olishga Shtutgart va Portu tayyor

Bardg'jini ijaraga olishga Shtutgart va Portu tayyor

"Barselona" vingeri Runi Bardg'ji ikki klub e'tiborini tortmoqda. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, qishki transfer oynasida 20 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha Germaniyaning "Shtutgart"i aniq qiziqish bildirmoqda, "Portu" esa avvalgidek futbolchini kuzatishda davom etyapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq kataloniyalik grand mavsum o'rtasida shved futbolchisini qo'yib yuborishni rejalashtirmayotgani haqida gaplar bor edi.

Joriy mavsumda Bardg'ji "Barselona" safida 14 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 4 assist qayd etdi. Transfermarkt portali uni 10 mln yevroga baholamoqda.

Bardg'ji "ko'k-anorranglilar" safiga o'tgan yozda "Kopengagen"dan ko'chib o'tgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bardg'jini ijaraga olishga Shtutgart va Portu tayyor