date

Ronaldu 35 mln yevrolik hashamatli uyini yakunladi

Ronaldu 35 mln yevrolik hashamatli uyini yakunladi

Krishtianu Ronaldu navbatdagi dabdabali loyihasini yakuniga yetkazdi. A Bola nashri Daily Expressga tayanib xabar berishicha, besh karra “Oltin toʻp” sohibining Kashkayishdagi yangi hashamatli uyi qurib bitkazildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qurilish ishlari uch yildan ortiq davom etgan. Bu Portugaliyadagi eng qimmat rezidensiyalardan biri bo‘lib, unda sakkizta yotoqxona, yopiq va ochiq suzish havzalari, avtomobillar kolleksiyasi uchun yer osti garaji hamda hatto oltindan yasalgan kranlar bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu mazkur uyi uchun taxminan 35 million yevro sarflagan. Bu summa portugaliyalik yulduz uchun muammo emas: matbuot yozishicha, u “Al-Nasr”dagi bir mavsumda qariyb 200 million atrofida daromad oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 35 mln yevrolik hashamatli uyini yakunladi