Rio Ferdinand Vinisiusga bosimni unutib, o'yiniga qaytishni maslahat berdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorni qo'llab-quvvatlab, unga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi hozir murakkab pallani boshdan kechirmoqda: u ketma-ket 19 uchrashuvdan beri gol ura olmayapti, tribunalar esa tez-tez hushtakbozlik bilan javob bermoqda. Shu fon’da futbolchining kelasi yozda «qirollik klubi»ni tark etishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar ham tinmayapti.
«Vini, birodar. Shov-shuvlarni unut, ukam, oxir-oqibat sening mahorating baribir o'z so'zini aytadi», — deya Ferdinandning fikrlarini Madrid Universal keltirdi.
Vinisiusning «Real» bilan shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar» safida 26 o'yinda 5 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!