date

Rafinya finalda porladi Barselona dramatik el-klasikoda Realni yengib, Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi

Rafinya finalda porladi Barselona dramatik el-klasikoda Realni yengib, Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi

Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi finali 02:00 da Toshkent vaqti bilan start oldi. Hal qiluvchi uchrashuvda «Barselona» va «Real» Madrid el-klasikoda toʻqnash keldi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Hisobni Rafinya ochdi: u individual yurishni yakunlab, toʻpni burchakka aniq yoʻlladi. Koʻp oʻtmay Vinisius yaqin ustun yonida paydo boʻlgan boʻsh hududdan foydalanib, muvozanatni tikladi.

Keyin Levandovski «Barselona»ni yana oldinga olib chiqdi, biroq uchrashuv oxirlarida burchak zarbasidan keyin Gonzalo Garsiya qaytgan toʻpni darvozaga joylab, 2:2 hisobini qayd etdi.

Tanaffusdan soʻng jamoalar ehtiyotkorroq harakat qildi, shunga qaramay oʻyin surʼati pasaymadi. Burilish nuqtasi 75-daqiqada yuz berdi: Rafinya jarima maydoni chizigʻidan zarba berdi va toʻp rikoshet orqali toʻsin ostidan darvozaga kirib bordi.

Shundan keyin «Real» hujumni kuchaytirish uchun Mbappe va Alabani maydonga tushirdi. «Barselona» esa bir kishi kam boʻlib qolganiga qaramay ustunlikni saqlab qoldi. Qoʻshimcha daqiqalarda de Yong toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya finalda porladi Barselona dramatik el-klasikoda Realni yengib, Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi