Flik faoliyatidagi barcha 9 finalda ham gʻalaba qozondi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik finallarga jamoani ideal tayyorlay olishi bilan yana bir bor eʼtirof etildi. Yakshanba kuni «koʻk-anorranglilar» Ispaniya Superkubogi finalida «Real»ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu uchrashuv Flik murabbiylik faoliyatidagi 9-final bo‘ldi. Eʼtiborlisi, u ishtirok etgan barcha finallarda Flik boshqargan jamoalar raqibidan ustun kelib, sovrinni qo‘lga kiritgan.
Qayd etilishicha, Flik «Barselona» bilan La Liga chempionligi, Ispaniya Kubogi hamda Ispaniya Superkubogini ikki bor yutishga ulgurdi.
Biroq bayram qilishga vaqt kam: 15-yanvar kuni «Barselona» Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Rasing»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing