date

Inter va Napoli Milanda to‘rt gol urib, durangga rozi bo‘ldi

Inter va Napoli Milanda to‘rt gol urib, durangga rozi bo‘ldi

Italiya A Seriyasining 20-turi doirasida Milanda kechgan bahsda «Inter» va «Napoli» 2:2 hisobida teng kuch sinashdi. Uchrashuv boshida mezbonlar faollikni oshirib, tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

8-daqiqada Federiko Dimarko Markus Tyuram uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Biroq «Napoli» ko‘p kuttirmay javob qaytardi: Skott Maktominay aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi.

Keyingi daqiqalarda jamoalar ehtiyotkor o‘ynab, to‘p nazoratiga urg‘u berdi. Tanaffusgacha asosan maydon markazida kurash ketdi, raqiblar ortiqcha tavakkalga bormadi.

Ikkinchi bo‘limda «neradzurrilar» bosimni kuchaytirib, raqib jarima maydoni atrofida tez-tez ko‘rina boshladi. 74-daqiqada Hakan Chalhanoglu penalti zarbasini golga aylantirib, milanliklarni yana oldinga olib chiqdi.

Mezbonlar g‘alabani ushlab qoladigandek tuyulgan paytda «Napoli» yakunda bosimni oshirdi. 82-daqiqada Maktominay qanotdan uzatilgan to‘pni gol bilan yakunlab, dubl qayd etdi va hisobni 2:2 ga keltirdi. Qolgan vaqt keskin kurashda o‘tdi, biroq hal qiluvchi vaziyat yuzaga kelmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter va Napoli Milanda to‘rt gol urib, durangga rozi bo‘ldi