date

Javohir Sindorov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida tan olindi

Javohir Sindorov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida tan olindi

10 yanvar kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 2025 yil yakunlari va 2026 yil rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi. Tadbirda shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslar e’lon qilindi va yil davomida eng yaxshi sportchilar hamda mutaxassislar taqdirlandi.

2025 yilgi FIDE Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov “Yilning eng yaxshi shaxmatchisi” deb e’tirof etildi. Ayollar o‘rtasida esa O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umida Omonova yilning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida tan olindi.

Yoshlar va maxsus yo‘nalishlarda ham g‘oliblar aniqlandi: 12 yoshgacha Nurmuhammad Nematillaxonov va Xusnora Xusniddinova, 20 yoshgacha Afruza Hamdamova va Muhiddin Madaminov, para shaxmatda Marsel Shoyusupov va Selbi Kakisheva eng yaxshi nomzodlar bo‘ldi.

Faxriy shaxmatchi O‘ktam Sheraliyev, eng yaxshi hakam Komiljon Azizov, tahlilchi Ulug‘bek Tillayev va sharhlovchi Anton Kim ham alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bu yutuqlar O‘zbekiston shaxmatining nufuzi va kelajagi uchun muhim sanaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Javohir Sindorov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shaxmatchisi sifatida tan olindi