Rafinya Arauho sovrinni ko'tarishini xohlaganini aytdi

“Barselona” futbolchisi Rafinya Dias Ispaniya Superkubogidagi g‘alabadan so‘ng jamoadoshi Ronald Arauhoni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kungi finalda Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa Madridning “Real”ini 3:2 hisobida yengdi. “El klasiko”da Rafinya ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, g‘alabada hal qiluvchi rol o‘ynadi. Uchrashuvdan keyin braziliyalik futbolchi uzoq tanaffusdan so‘ng qaytgan Arauho haqida fikr bildirdi — urugvaylik himoyachi psixologik muammolar sabab maydondan uzoqda bo‘lib, o‘yin oxirida zaxiradan tushdi.
“Ronald jamoa uchun juda muhim. Biz uni doim qo‘llab-quvvatlaymiz. U og‘ir davrni boshdan kechirdi, bu ‘Barselona’ futbolchisiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olganda tabiiy holat. Biz u sovrinni ko‘tarishini xohladik — bu unga bo‘lgan mehrimiz va yordamimiz ramzi”, — dedi Rafinya matbuot anjumanida.
Qayd etilishicha, Ronald Arauho noyabr oxiridan beri maydonga tushmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!