El klasiko. "Barselona" - "Real Madrid" 3:2 (gollarni tomosha qiling)

Jiddada o‘tgan Ispaniya superkubogi finalida «Barselona» va «Real» klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Gollarga boy klasikoda Rafinyaning dubli va Levandovskining goli kataloniyaliklarga ushbu turnirda qatorasiga ikkinchi, umumiy hisobda 16-bor g‘oliblikni keltirdi. Madridliklardan Vinisius va Gonsalo to‘p kiritdi.
Ispaniya superkubogi. Final
Barselona — Real 3:2
11 yanvar. Jidda. «King Abdulla Sports City»
Gollar: Rafinya (36, 73), Levandovski (45+4) — Vinisius (45+2), Gonsalo (45+6).
Barselona — Joan Garsiya, Balde, Kubarsi, Pedri, Levandovski (Torres, 66), Yamal (Arauxo, 90+3), Rafinya (Reshford, 83), Fermin (Olmo, 66), de Yong, Kunde, Erik Garsiya (Martin, 83).
Real — Kurtua, Valverde (Guler, 68), Asensio, Heysen (Alaba, 76), Karreras, Chuameni, Kamavinga (Sebalos, 82), Rodrigo, Bellinghem, Vinisius (Mastantuono, 82), Gonsalo Garsiya (Mbappe, 76).
Ogohlantirishlar: Asensio (57), Erik Garsiya (59), Valverde (59), Karreras (82).
Chetlatish: de Yong (90).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!