Raspadori Romaga emas, Seriya A grandiga o‘tishni istamoqda

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Djakomo Raspadori “Roma”ga o‘tish variantidan voz kechishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tomonlar kelishuvga yaqin: “matraschilar” futbolchini rimliklarga 2 mln yevroga ijaraga berishga tayyor, shartnomada 19 mln yevroga sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgan. Biroq jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, Raspadorining o‘zi bu transferning foydasiga to‘liq ishonch hosil qilmagan. Hujumchi Rimga ko‘chishdan ko‘ra “Napoli”ga qaytishni afzal bilmoqda. Bu ssenariy ehtimoldan xoli emas, biroq avval neapolliklar Lorenso Lukkani sotishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Raspadori 2025 yil avgustida “Napoli”dan “Atletiko”ga o‘tgan. Diego Simeone jamoasida italiyalik 15 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 3 assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!