Sulsher emas Man Yunaytedga yangi asosiy nomzod topildi

Ule Gunnar Sulsher endi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq norvegiyalik mutaxassis «qizil iblislar» rahbariyati uchun birinchi tanlov hisoblangan edi, biroq vaziyat o'zgardi. Jurnalist Mayk Kiganning xabar berishicha, hozirda favorit maqomi Maykl Karrikka o'tgan. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo kutilmagan holatlar yuz bermasa, mavsum oxirigacha jamoani aynan angliyalik murabbiy boshqaradi. Yangi bosh murabbiy nomi dushanba kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yaqinda klub Ruben Amorim bilan xayrlashgan edi. Portugaliyalik mutaxassis o'rnini vaqtincha Darren Fletcher egallab, uning qo'l ostida jamoa ikki uchrashuv o'tkazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!