Ronaldusiz g‘alabaga Ronaldu ikki emoji bilan munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra Osiyo AFC Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” yetakchisiz ham barqaror natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinida ham zafar quchdi: Tojikistonda “Istiklol” 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi.
Uchrashuvdan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr” guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni ulashdi. Krishtianu postga olov va qarsak emojilarini qo‘shib qo‘ydi.
40 yoshli hujumchining “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing