Bibisara Asaubayeva qozoq tilini o'rganishni boshladi

Shaxmat bo'yicha uch karra jahon chempioni Bibisara Asaubayeva qozoq tilini o'rganishga qaror qildi. 22 yoshli sportchi bu haqda 23 aprel kuni o'zining Telegram-kanalida ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, yangi o'qituvchi bilan birinchi sinov darsi allaqachon belgilangan. Bu haqda Zakon.kz xabar beradi.
Avvalroq shaxmatchi qiz intervyu va rasmiy chiqishlarida qozoq tilida javob bermagani uchun bir necha bor tanqid qilingan edi. Shundan so'ng Asaubayeva vaziyatni tuzatish niyatida ekanini bildirib, til o'rganish bilan jiddiy shug'ullanishga va'da bergan edi.

Ma'lumot o'rnida, Qozog'istonning yana bir taniqli shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Jansaya Abdumalik ham ijtimoiy tarmoqlarda faollik ko'rsatib, o'zining kichik yoshli o'g'li tushgan suratlari bilan bo'lishdi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…