date

Alvaresning agenti Barselonadan uy qidirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Alvaresning agenti Barselonadan uy qidirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning agenti Fernando Idalgo futbolchining yozgi transfer oynasida «Barselona»ga o'tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Agent kataloniyaliklar ustozi Xansi Flik qiziqish bildirayotgan hujumchi Ispaniyaning boshqa shahrida o'ziga uy qidirayotgani haqidagi ma'lumotlarni mutlaqo asossiz deb atadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Idalgo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, go'yoki Alvaresning akalari Kataloniyada ko'chmas mulk ko'zdan kechirayotgani haqidagi xabarlarni keskin rad etdi. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchining oila a'zolari oxirgi marta Barselonaga faqatgina «Atletiko»ning ushbu jamoaga qarshi o'yini munosabati bilan borishgan va uchrashuvdan so'ng darhol Madridga qaytishgan.


«Bu 1000 foiz yolg'on. Oilaning hech bir a'zosi Barselonada bo'lgani yo'q. Oxirgi marta o'yin uchun borishgan edi va ertasi kuni Madridga qaytib kelishdi», — deya ta'kidladi agent Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida. Idalgo bu kabi mish-mishlarni «uydirma» deb hisoblaydi.

Shunga qaramay, Alvaresning o'zi kelajagi borasidagi savollarga aniq javob bermayapti. Garchi u Diyego Simeone qo'l ostida baxtli ekanini aytsa-da, mart oyida bergan intervyusida transfer ehtimolini butunlay inkor etmagan edi. «Barselona» esa Robert Levandovskining o'rniga munosib nomzod sifatida aynan argentinalik hujumchini o'z ro'yxatining yuqori pog'onasida saqlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alvaresning agenti Barselonadan uy qidirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi