Haykin Manchster Siti ustidan gʻalabani tarixiy deb atadi

Norvegiyaning “Bude-Glimt” klubi darvozaboni Nikita Haykin “Manchster Siti”ga qarshi qozonilgan yirik gʻalaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norvegiyaliklar ingliz grandini 3:1 hisobida magʻlub etdi.
“Oʻyindan keyin ham biz aslida nimaga erishganimizni darrov anglab yetmadik. Ehtimol, XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tizimlardan birini yutdik. Bu bahs faqat biz uchun emas, butun Norvegiya va norveg sporti uchun ham tarixga kirdi”, — dedi Haykin VideoSports’ dasturida.
Darvozabonning ta’kidlashicha, bu natija uning faoliyatidagi eng muhim gʻalabalardan biri hisoblanadi.
Hozirda “Bude-Glimt” Chempionlar ligasi jadvalida 6 ochko bilan 28-oʻrinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!