date

"Real Madrid" futbolchilari Vinisiusni qo'llab-quvvatlash uchun uning libosini kiyib maydonga tushishdi

"Real Madrid" futbolchilari Vinisiusni qo'llab-quvvatlash uchun uning libosini kiyib maydonga tushishdi

"Real Madrid" futbolchilari "Rayo Valyekano"ga qarshi o'yin oldidan irqchilik hujumlariga uchragan jamoadoshi Vinisius Juniorga birdamlik bildirishdi. Madridliklarning barcha a'zolari maydonga braziliyalik hujumchining ismi va 20-raqami tushirilgan liboslarda chiqib kelishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Vinisius "Valensiya" bilan bahsda raqib muxlislari tomonidan irqiy kamsitishlarga duch kelgan edi. Shundan so'ng futbol olami vakillari va jamoadoshlari braziliyalik yulduzni himoya qilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng ko'lamli kampaniya boshladilar.

La Liga rahbariyati ushbu voqeadan so'ng keskin choralar ko'rdi. Vinisiusning "Valensiya"ga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi va diskvalifikatsiyasi bekor qilindi.

Shuningdek, "Valensiya" klubi jarimaga tortildi va ularning stadioni bir qismi beshta o'yinga yopib qo'yildi.

Vinisius Junior tizzasidagi jarohati sababli "Rayo Valyekano"ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Biroq hujumchi hafta oxirida bo'lib o'tadigan "Sevilya" bilan o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real Madrid" futbolchilari Vinisiusni qo'llab-quvvatlash uchun uning libosini kiyib maydonga tushishdi