Salohning goli "Liverpul"ga "Fulxem" ustidan g'alaba keltirdi

Salohning goli "Liverpul"ga "Fulxem" ustidan g'alaba keltirdi
Qisqacha

"Livermpul" 32-turda "Fulxem" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin davomida Riyo Ngemoh hisobni ochgan bo'lsa, Muhammad Saloh ikkinchi golni kiritdi. Ushbu g'alaba "Livermpul"ni 52 ochkoga olib chiqdi va ularni turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tardi, bu esa jamoaning kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatlarini saqlab qoldi.

Angliya Premyer ligasining 32-turida "Liverpul" o'z maydonida "Fulxem" jamoasini qabul qildi. "Enfild" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida yosh hujumchi Rio Ngemox hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Oradan to'rt daqiqa o'tib, misrlik yulduz Muhammad Saloh uzoq burchakka aniq zarba yo'llab, jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Liverpul" ochkolari sonini 52 taga yetkazib, turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Bu natija jamoaning kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatlarini saqlab qoldi.

"Fulxem" esa 44 ochko bilan 11-pog'onada qoldi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Muhammad Saloh muxlislarning qizg'in olqishlari ostida maydonni tark etdi. Endi mersisaydliklar e'tiborini Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi javob o'yiniga qaratadi.

Parijda o'tgan dastlabki bahsda fransuzlar 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar