Salah mart oyining eng chiroyli goli muallifi deb topildi

Mohamed Salah mart oyining eng chiroyli goli muallifi deb topildi. U "Galatasaray" darvozasi tomonidan jarima maydonchasidan tashqaridan yo'llagan zarbasi bilan birinchi o'rinni egalladi. Ushbu gol Salahning Chempionlar ligasidagi golari sonini 50 taga yetkazdi va bu natijaga erishgan ilk afrikalik futbolchi bo'ldi. Joriy mavsumda u Angliya Premier ligasida 5, Chempionlar ligasida 3 va Angliya kubogida 2 gol urishga muvaffaq bo'ldi.
«Liverpul» hujumchisi Mohamed Salah joriy mavsumdagi ilk shaxsiy sovrinini qo'lga kiritdi. Misrlik futbolchi mart oyi yakunlariga ko'ra jamoaning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Salahning «Galatasaroy» darvozasiga jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida birinchi o'rinni egalladi. Ushbu gol Dominik Soboslai tomonidan «Tottenxem» darvozasiga kiritilgan to'pni ortda qoldirdi.
Mazkur muvaffaqiyat Salah uchun o'ziga xos rekord o'rnatish imkonini berdi. «Enfild» stadionida kiritilgan ushbu gol evaziga hujumchi Chempionlar ligasidagi gollari sonini 50 taga yetkazdi va bu natijaga erishgan ilk afrikalik futbolchiga aylandi.
Hujumchi joriy mavsumda Angliya Premyer ligasida 5 ta, Chempionlar ligasida 3 ta va Angliya kubogida 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Kuchli beshlikdan, shuningdek, «Liverpul» ayollar jamoasi a'zosi Seri Xollandning «Everton» darvozasiga urgan goli ham joy oldi.






























Izohlar 0
…